O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sharof Rashidov xiyobonida Sayyora Rashidova ishtirokida “Sharaf lentasi” ulashildi

2019-05-02 | Jamiyat

Jizzax shahridagi Sharof Rashidov xiyobonida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Sharaf lentasi”ni ulashish aktsiyasi bo‘lib o‘tdi. Xiyobonga uch mingga yaqin yoshlar vakillari, harbiy xizmatchilar, nuroniylar yig‘ildi. Sharof Rashidovning qizi, akademik Sayyora Rashidova ham ushbu aktsiyada faol ishtirok etdi.

Aktsiyada yoshlar nuroniy otaxonu onaxonlarga “Sharaf lentasi”ni ulashgan bo‘lsa, nuroniylar yoshlarga, yoshlar esa harbiylarga ushbu lentalarni tarqatdi. Xiyobon bo‘ylab davom etgan aktsiya doirasida harbiy orkestrning ota Vatan, tinchlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari yangrab turdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yurtimiz bo‘ylab “Sharaf lentasi”ni ulashish aktsiyasi davom etmoqda.

Поделиться