O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dunyoga mashhur mehmonxonalar operatori «RIMC Hotels & Resorts Group» Toshkentdagi bunyodkorlik loyihalarida ishtirok etadi

2019-05-02 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimligida «RIMC Hotels & Resorts Group» kompaniyasi arxitektori Xadi Tegrani ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro muloqot davomida mehmon Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi hamda 1 may kuni poytaxtimiz arxitektorlari uchun mahorat darsini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotganligini qayd etdi.

Ikki tomonlama aloqalarning istiqbollarini muhokama qilish davomida delegatsiya a’zolari Toshkent shahrining tashrif qog‘oziga aylanadigan o‘ziga xos inshootni bunyod etish taklifini bildirishdi, shuningdek, “Etnopark” va premium klass mehmonlarini qurishda ham faol ishtirok etish niyatlari borligini ma’lum qilishdi.

«RIMC Hotels & Resorts Group» kompaniyasi Yevropadagi mehmonxona xo‘jaligida yetakchi xalqaro operatorlardan hisoblanadi.  Hozirgi kunda «RIMC Hotels & Resorts Group» Germaniya, Shveytsariya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Daniya, Turkiya va Benilyuks davlatlaridagi 32 ta mehmonxonani birlashtirgan. 1990 yildan bugunga qadar dunyo bo‘ylab mehmonxonalar qurilishi bo‘yicha 200dan ortiq loyihani amalga oshirgan. Uning loyihalari mehmonxona xo‘jaligiga daxldor barcha ob'yektlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ma’lum qilinishicha, «RIMC Hotels & Resorts Group» kompaniyasi yurtimizda turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga 4 mlr. AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritadi. Ushbu mablag‘ asosida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada o‘zaro hamkorlikda savdo, tadbirkorlik, madaniy va ko‘ngilochar markazlar quriladi. Shuningdek, yo‘l infratuzilmasi hamda aeroportlarda modernizatsiya tadbirlari amalga oshiriladi.

Поделиться