O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi

2019-04-30 | Ta’lim

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2019-yilning 29-aprel kuni "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmonni imzoladi. Farmon bilan Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yoʻl xaritasi tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya taʼlim tizimini rivojlantirishning quyidagi yoʻnalishlarini belgilab berdi:

Oʻzbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

uzluksiz taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

oʻqitish metodikasini takomillashtirish, taʼlim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

xalq taʼlimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;

xalq taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablagʻ bilan taʼminlashning samaradorligini oshirish;

yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini taʼminlashda maktabdan tashqari taʼlimning zamonaviy usullari va yoʻnalishlarini joriy etish;

davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat taʼlim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;

yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

xalq taʼlimi tizimida faoliyat koʻrsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.

Farmonga koʻra, konsepsiya tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlar va yoʻnalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yoʻl xarita”si orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Eʼtiborlisi, konsepsiya xalq taʼlimi sohasidagi mavjud muammolarni aniqlaydi. Umumiy oʻrta taʼlimni boshqarishda qator muammolar mavjud. Jumladan, maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan taʼminlash va moliyalashda davlat tashkilotlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan taʼminlash borasida ham kamchiliklardan holi emas.

Konsepsiya taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi. Xususan, umumiy oʻrta taʼlim tizimi takomillashtiriladi. Shuningdek, xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlar boʻyicha yangi oʻquv standartlari, dastur hamda darsliklar yaratiladi. Oʻquvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda kasb-hunar tanlash hamda zamonaviy kasblarni egallashi uchun sharoitlar yaratiladi.

Hujjatda taʼkidlanganidek, fan olimpiadalarini oʻtkazish mezonlari xalqaro olimpiada va musobaqalarning baholash tajribasi boʻyicha qayta koʻrib chiqiladi. Iqtidorli oʻquvchilarni aniqlashda shaffoflik taʼminlanadi. Ota-onalar ham farzandlarini oʻqitish va tarbiyalash jarayoniga jalb etiladi.

Imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning taʼlim olishiga eʼtibor kuchaytirilib, taʼlim muassasalari tajribali oʻqituvchi-defektolog hamda psixologlar bilan taʼminlanadi.

Ushbu konsepsiya doirasida oʻqituvchi va rahbarlar ish faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi. Masofaviy taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shu bilan birga konsepsiyaga koʻra oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirish yangi darajaga koʻtariladi. Oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllari va usullari joriy etiladi. Uzluksiz taʼlim tizimi mazmuni sifat jihatdan yangilanib, kadrlar malakasi oshiriladi. Oʻqitish metodikasi takomillashtirilib, taʼlim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillari tatbiq etiladi. Xalq taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, byudjetdan mablagʻ bilan taʼminlash samaradorligi oshiriladi. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasi bosqichma-bosqich oshiriladi.

Xususan, maqsadli koʻrsatkichlar asosida taʼlim mazmuni samaradorligi oshirilib, kadrlarning sifat tarkibini yaxshilanadi. Jamiyatda oʻqituvchilar maqomi oshiriladi. Yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etiladi. Oʻquvchilarni madaniyat va sanʼat muassasalariga jismoniy tarbiya, sportga keng jalb etiladi. Yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish yoʻlga qoʻyiladi. Oʻgʻil-qizlar maʼnaviyati yuksaltirilib, ular oʻrtasida kitobxonlik keng targʻib qilinadi. Oʻquvchi-qizlarning kasbiy koʻnikmalari rivojlantiriladi.

Поделиться