O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

2019-04-27 | Madaniyat

Nizomga muvofiq, hukumat qarori (354-son, 25.04.2019 y.) bilan festival har ikki yilda bir marta avgust oyining uchinchi oʻn kunligida Samarqand shahrida Madaniyat vazirligi tomonidan oʻtkaziladi. 

Tanlovda ishtirok etuvchilarga quyidagi talablar qoʻyiladi: 

— konsertlarda chiqish tajribasiga egaligi; 

— tanlov va festivallarda qatnashganligi; 

— madaniyat va sanʼat sohasidagi yuqori tashkilotlar yoki festival direksiyasining tavsiyanomasiga egaligi; 

— yoshi 18 yoshdan yuqori boʻlishi. 

Tanlovda ishtirok etishni istagan sanʼatkorlar va jamoalar festival oʻtkaziladigan yilning 1 iyunigacha info@sharqtaronalari.uz manziliga hujjatlarni yuborishi lozim.

Поделиться