O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Singapur vaziri: Biz qonunchilikni mustahkamlash orqali qiyinchiliklarni yengib o‘tganmiz

2019-04-26 | Jamiyat

Singapur huquq va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat katta vaziri Edvin Tong “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumida o‘z mamlakatining davlat boshqaruvi va huquq tizimi islohotidagi yutuqlari, investitsiya muhitini yaratishdagi tajribalari haqida so‘zlab berdi:

- Singapurda ham O‘zbekistondagi kabi turli millat vakillari bir oila bo‘lib yashaydi. Yurtingizga birinchi bor kelishim bo‘lsa-da, menda juda iliq taassurot qoldiryapti. Hududimiz O‘zbekistondan 600 marta kichik, tabiiy resurslar yo‘q, aholimiz 5,5 million. 

Biz ham boshqa davlatlar kabi mustaqilligimizning ilk yillarida qiyinchiliklarga duch kelganmiz. Bu qiyinchilikdan asosan qonunchilikni takomillashtirish va mustahkamlash orqali qutuldik. Xususan, “Qonunlar - faqat Singapur aholisi uchun” degan ma’noga amal qilib, o‘zimizning yurisprudentsiyamizni yaratdik. 

Ayniqsa, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaratishga alohida e’tibor qaratdik. Buning uchun avvalo chet elliklarning yurtimizga investitsiya kiritishlari va emin-erkin faoliyat yuritishlari uchun qonuniy sharoit yaratdik, sohani tartibga soluvchi huquqiy asoslarni kuchaytirdik. Bu esa bizning iqtisodiyotimizning rivojlanishi, xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib kelyapti.

Поделиться