O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sergeli tumanida 4 ta yangi maktablarning qurilish ishlari boshlandi

2019-04-25 | Jamiyat

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent shahrida aholi uchun koʻplab uy-joylar qurilmoqda. Mazkur uy-joylarga oilalarning koʻchib oʻtishi natijasida ijtimoiy obyektlarga, xususan, taʼlim muassasalariga boʻlgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Poytaxtimizning Sergeli tumanida ham koʻp qavatli uy-joylar qurilib, yangi mavzelar aholiga topshirildi. Mazkur mavzelarda yashovchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2019-yilning 23-aprel kuni tumanda toʻrtta yangi umumtaʼlim maktablarining qurilish ishlari boshlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Achilbay Ramatov, Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, Maktabgacha taʼlim vaziri Agrepina Shin, Qurilish vaziri Abduqahhor Toʻxtayev, Qurilish vaziri oʻrinbosari Kozim Toʻlaganov maktablarning qurilishi oldidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Zamonaviy loyihalar asosida qurilayotgan maktablarning har biri 1,5 ming oʻquvchiga moʻljallangan boʻlib, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab birinchi oʻquvchilarni qabul qiladi. Mazkur oʻquv muassasalarining ishga tushirilishi Sergeli tumanida qurilayotgan mavzelar atrofida joylashgan yuqori koeffitsientli maktablardagi vaziyatni yaxshilanishiga olib keladi.

Shu bilan birga, joriy yilda yuqori koeffitsientli 267- va 303-maktablar uchun investitsiya dasturi doirasida 360 oʻrinli qoʻshimcha bino qurilishi rejalashtirilgan.

Поделиться