O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻqituvchilarga soatbay haq toʻlashning yangi miqdorlari tasdiqlandi

2019-04-24 | Ta’lim

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari pedagog xodimlariga oʻtgan darsi uchun soatbay haq toʻlashning yangi miqdorlari belgilandi.

Soatbay haq toʻlashning yangi tariflari 2019 yil 10 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasi hamda oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich va yuqori sinflari oʻqituvchilari, oʻqituvchi logopedi, logopediya shahobchasi mudirlariga malaka toifasiga koʻra soatbay oʻtilgan darslari uchun bazaviy lavozim maoshining 1,20 foizi miqdorida haq toʻlanadi.

Soatbay haq toʻlash miqdori tarkibiga mehnat taʼtili haqi ham kiritilgan.Shuningdek, umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashtirilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tarkibi mehnatiga soatbay haq toʻlashda kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalari uchun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.

Shuni taʼkidlash lozimki, avvallari soatbay haq toʻlash miqdori aniq miqdori koʻrsatib kelingan va ularning miqdorini oʻzgartirish uchun har gal alohida hujjat qabul qilingan.

Yangi soatbay haq toʻlash miqdorlari foizda belgilandi. Bu esa oʻqituvchilarning bazaviy lavozim maoshi oshganda, soatbay haq toʻlash miqdorlarining ham oshishiga olib keladi.

Поделиться