O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar rotatsiyasi amalga oshirildi

2019-04-24 | Fan

2019 yilning 12-18 aprel kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida fan yoʻnalishlari boʻyicha 16 ta va startap loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun bitta Ilmiy-texnik kengashlarning kengaytirilgan majlislari boʻlib oʻtdi. Majlislarga Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov raislik qildi.

Majlislarda Ilmiy-texnik kengashlarning 9 oy davomidagi faoliyati muhokama qilindi, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va eʼtibor qaratish kerak boʻlgan holatlarga toʻxtab oʻtildi.

– Amaliy loyihalar va innovatsion ishlanmalar, startap loyihalari tanlovlarini muntazam oʻtkazib borish bilan bir qatorda ilmiy maktablar sonini koʻpaytirish, ularni yanada rivojlantirish zarur, ­­­­­– dedi vazir I. Abdurahmonov. –­­ Ilmiy maktablarning raqobatbardoshligini oshirish bugungi kun talabidir. Olimlarimizdan maqsadli fundamental va amaliy tadqiqotlar boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqishlarini va vazirlikka taqdim etishlarini soʻraymiz.

Majlislar kun tartibidan Ilmiy-texnik kengashi tarkibining rotatsiyasi, kengashi rahbariyatini saylash, Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan barcha turdagi loyihalarning natijaviyligi boʻyicha oʻtkazilgan 2018 yil uchun hisobot natijalari, Vazirlik tomonidan eʼlon qilinayotgan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2020 yillarga moʻljallangan innovatsion hamda 2019-2021 yillarga moʻljallangan amaliy loyihalar tanlovlari haqida masalalar oʻrin oldi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi fan yoʻnalishlari boʻyicha Ilmiy-texnik kengashlar va Ekspert guruhlari toʻgʻrisida”gi Nizomga binoan Ilmiy-texnik kengashlar tarkiblari har 3 oyda rotatsiya qilinishi belgilab qoʻyilgani munosabati bilan har bir Ilmiy-texnik kengash majlisida ishtirokchilar kengash tarkibi boʻyicha toʻxtalib, tarkibdan chiqariladigan va kiritiladigan aʼzolar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar va kengashlarning yangi tarkibini tasdiqladilar. Shuningdek, har bir Ilmiy-texnik kengashning yangi rais, rais oʻrinbosari, ilmiy kotiblari ham tasdiqlandi.

Majlislarda kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi, vazir har bir Ilmiy texnik kengash oldiga bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda aniq vazifalar qoʻydi.

Поделиться