O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro islom akademiyasi bilan Istanbul universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2019-04-23 | Ta’lim

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Shuhrat Yovqochev rahbarligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi tashrif bilan Turkiya Respublikasida boʻlib turibdi.

Tashrifdan maqsad Turkiyaning diniy taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishish, imom-xatiblar malakasini oshirish yoʻnalishlarida tajriba almashishlarni tashkil etishdan iborat.

Mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari 22 aprel kuni Istanbul universitetining Ilohiyot fakultetida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda ishtirok etdi, universitet faoliyati, taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishdi.
Muzokaralar yakuni boʻyicha Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan Istanbul universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mamlakatimiz qadim tamaddunga beshik diyor. Bu zamindan yetishib chiqqan allomalar ilmiy merosi zamonaviy ilm-fan rivoji uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qilmoqda. Shu bois ham ular hayoti va bebaho ilmiy merosini tadqiq qilishda nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda qiziqish katta.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Turkiyaga tashrifi doirasida mamlakatimiz institut va muzeylari fondida saqlanayotgan nodir asarlarni tadqiq qilish va ularni saqlash borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun Turkiya qoʻlyozma asarlari tashkilotida ham boʻldi. Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi manbalar xazinasi bilan sohada tajriba almashishlar, qoʻlyozma asarlarni saqlash va tiklash sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mamlakatimiz delegatsiyasining oʻzaro manfaatli va foydali bitimlarga boy boʻlgan Turkiya safari davom etmoqda.

Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Поделиться