O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tasviriy va amaliy san’at festivali boshlandi

2019-04-22 | Madaniyat

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida tasviriy va amaliy san’at festivali boshlandi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur festivalning ochilishida milliy tasviriy san’atni yanada ravnaq toptirish, uning betakror maktab va an’analarini boyitib borish, ijodkor yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilayotgani ta’kidlandi. 
 
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’limning barcha bo‘g‘inlarini tubdan takomillashtirish, yosh avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlikni kuchaytirish yuzasidan qator chora-tadbirlar belgilab berilgan. 
 
San’at haftaligi tadbirlari g‘oyat qiziqarli va rang-barang dasturlarga boy bo‘lib, ularda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan ijodkorlar, musavvirlar, xalq amaliy san’ati ustalari, dizaynerlar, haykaltaroshlar uchun mahorat maydoni bo‘lishi shubhasiz.
 
Festival tadbirlari, turli ko‘rgazmalar, taqdimot marosimlari, ijodiy tanlovlar davomida yangidan-yangi iste’dod sohiblari aniqlanadi.
 
Festival doirasidagi barcha tadbirlarda ustoz-shogird an’analari, fasllar go‘zalligi, tinch va osoyishta kunlarga shukronalik, xalqimizning kayfiyati, ruhiyati, ezgu orzu-intilishlari aks etadi. 
 
Markaziy ko‘rgazmalar zali atrofi hamda unga tutash xiyobonda yoshlar Vatanimiz, maftunkor tabiat manzaralari, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, qadimiy obidalarimiz, zamonaviy inshootlar aks etgan ijod mahsullarini yaratmoqda.
 
Ijodkorlar ochiq tabiat qo‘ynida tasviriy san’at, kulolchilik, kashtado‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik kabi san’at yo‘nalishlarida ijod qiladi. Shu yerning o‘zida ustoz musavvirlar ishtirokidagi mahorat saboqlari o‘tiladi.
 
Mazkur festivalda malakali musavvirlardan tashqari oliy ta’lim muassasalari, san’at yo‘nalishidagi boshqa ta’lim maskanlari o‘quvchilari ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda ijod qiladigan xorijlik mutaxassislar ham qatnashmoqda.
 
San’at bayrami davomida Badiiy akademiya akademiklari, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari, ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining mahorat darslari hamda o‘quvchi-talabalarning asarlari namoyishi bo‘lib o‘tadi.
 
Festival tafsilotlari, ishtirokchilar taassurotlarini saytimizda berib boramiz.
 
Barno Meliqulova, O‘zA

Поделиться