O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
10-11-sinf oʻquvchilariga kasb-hunar oʻrgatish jarayoni takomillashtiriladi
2019-04-19 | Ta’lim
Kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini dars jarayonida kerakli xom-ashyo materiallari bilan taʼminlash meʼyorlari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Mazkur meʼyorlar vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazining qoʻshma qarori bilan tasdiqlandi.
Ushbu qoʻshma qarorda kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida tegishli kasb-hunarni oʻrganish uchun bir oʻquvchiga sarflanadigan xom-ashyo va materiallarning meʼyorlari belgilandi. Mazkur meʼyorlarga koʻra, 10-11-sinf oʻquvchilariga hududning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib oʻrgatilayotgan 38 ta kasblar 541 nomdagi xom-ashyo va materiallar bilan taʼminlanishi koʻzda tutilmoqda.
Joriy yilda respublika boʻyicha 12 mlrd.soʻm mablagʻning 9,9 mlrd.soʻmi kasb-hunar kollejlari bazasida tashkil etilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualariga, 2,1 mlrd.soʻmi esa umumtaʼlim maktablari bazasida tashkil etilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualariga ajratiladi.
Maʼlumot uchun: