O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ukraina Elchisi bilan uchrashuv
2019-04-19 | Siyosat
2019-yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuriy Savchenko bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Elchining ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashdagi faoliyatiga hamda tibbiyot, agrokimyo, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalarda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha mavjud salohiyatga urg‘u bergan holda O‘zbekiston-Ukraina munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.