O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi Ruminiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

2019-04-18 | Siyosat

2019-yilning 15-16-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Ruminiyada bo'ldi. Ruminiya joriy yilning birinchi yarmida Yevropa Ittifoqiga raislik qilmoqda.

Ruminiyaning Yevropa Ittifoqiga raisligi doirasida o‘tkazilgan “Barqaror rivojlanish uchun mushtaraklik” mavzusidagi Markaziy Osiyo uchun yuqori darajadagi konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

Konferensiyada so‘zga chiqqan O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari hozirgi paytda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun yangilangan strategiyasi ustida faol ish olib borilayotganligini qayd etdi hamda ushbu strategiya ikki mintaqa o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning samarali va ishonchli mexanizmlarini yaratish, aloqalarni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, investitsiya oqimini oshirish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini mustahkamlash va tovarlar, xizmatlar va insonlar harakatlanishiga qarshi to‘siqlarini bartaraf etishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. Shu o‘rinda Yevropa Ittifoqining mintaqaviy sohalardagi dasturlari va loyihalari Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida ishlab chiqilishi o‘zaro manfaatlarni inobatga olish imkonini berishi qayd etildi.

O’zbekiston va YI manfaatdor bo‘lgan savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, mavjud ulkan foydalanilmagan salohiyat Yevropa biznesiga 100 million aholiga ega Markaziy Osiyo bozoriga (Afg‘oniston bilan hisoblaganda) kirish imkonini beradi. Shuningdek, YI va Markaziy Osiyoni bog‘lovchi transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Buxarest shahrida bo‘lish doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Ruminiya Tashqi ishlar vazirligining davlat kotibi Danut Nekulaesku va Kichik va o‘rta tadbirkorlik, savdo va ishbilarmonlik muhiti vazirligining Davlat kotibi Gabriela Vosilya va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, Polsha Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Marchin Pshidach, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian va BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Olga Algayerova bilan ham muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Поделиться