O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning turistik salohiyatini dunyoga tanitish davom etmoqda

2019-04-17 | Turizm

Joriy yilning 15 aprel kuni Polshaning poytaxti Varshava shahrida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi hamkorligida Polshadagi vatandoshlarimiz hamda xorijlik mezbonlar ishtirokida O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimi Sherzod Sultanov, O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi diplomatik vakolatxonasi rahbari Baxrom Babaev, shuningdek, Butun Polsha Respublikasi Turizm palatasi rahbari o‘rinbosari Andjey Shimanskiy, Varshava turizm palatasi rahbari o‘rinbosari Andjey Jukovskiy, hamda mamlakatning bir qator eng yirik turistik firmalari vakillari tashrif buyurishdi.

Bundan tashqari, taqdimotda Polshaning eng mashxur jurnallaridan biri «Polish Market» jurnali redaktori Andjey Kazemerskiy hamda bir qator OAV xodimlari ham ishtirok etishdi.

Tabdirda so‘zga chiqqan Baxrom Babaev, bu kabi uchashuvlar ikki dalvat o‘rtasida do‘stona va sayyohlik munosabatlarini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda Qo‘mita xodimi Sherzod Sultanov, yurtimizning eng o‘ziga tortadigan tomonlari, olis tarixi va bir-biridan qadimiy shaharlari, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Farg‘ona vodiysi kabi sayyohlik markazlari haqida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, mamlakatimizda viza tartibini soddalashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdi. Ayniqsa, o‘zbek milliy taomlari hamda hunarmandchilik mahsulotlarining namoyishi barchani hayratlantirdi.

O‘zbekitonning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan video taqdimot esa mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, Polshalik mezbonlarni yurtimizga sayohat qilishga chorladi.

Albatta, bu kabi taqdimotlardan keyin o‘zbekona mehmondo‘stligimiz ham tadbir qatnashchilariga jonli tarzda namoyish etildi. Ya’ni, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistondan olib borilgan milliy maxsulotlarimiz ulashildi, maxsus ular uchun shoxona taomimiz – paloxonto‘ra damlandi.

Bu kabi tadbirlar xorijiy mehmonlarga hayrat va unutilmas taassurotlar tuhfa etib, O‘zbekiton nomini jahonga tanitishga xizmat qilishi shubhasiz.

Поделиться