O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bojxona sohasidagi islohotlar - tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi ko‘prik demakdir

2019-04-17 | Iqtisodiyot

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga faol investitsiyalarni jalb etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish va ushbu yo‘nalishda Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilayotgan imkoniyatlarini tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga yetkazish maqsadida Namangan viloyati bojxona boshqarmasida tadbirkorlik sub'yektlari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda, viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan eksportyor-korxonalar vakillari uchun bojxona sohasida amalga oshirilgan so‘nggi islohotlar va yangiliklar bilan bir qatorda, tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport-import yo‘nalishidagi hamkorlik ishlarini kelgusida yanada samarali tashkil etish, eksport masalalarida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar keng muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5582-son Farmoniga muvofiq, bojxona sohasida xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilinishi va erishilgan natijalar xususida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, matbuot anjumanida tadbirkorlik sub'yektlari vakillari va bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassislariga bojxona organlarida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bojxona sohasiga oid qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar hamda korruptsiya illatining salbiy oqibatlari, amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, mazkur jinoyatga belgilangan javobgarlik to‘g‘risida keng qamrovli izoh keltirib o‘tildi.

Tadbirkorlarning fikrlari tinglanishi bilan bir qatorda, bojxona organlari va eksportyorlarning samarali hamkorligini tashkil etish hamda ish unumdorligiga erishish maqsadida tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Tadbir davomida shuningdek, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2019 yil 1-choragi yakuni bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari tahliliga ham to‘xtalib o‘tildi. Tegishli hujjatlar talablariga muvofiq o‘tgan davr mobaynida boshqarma tomonidan jami 19 ta murojaatlar ko‘rib chiqilganligi, mazkur murojaatlarning 7 tasi kadrlar masalasi, 4 tasi bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi masalasi, 8 tasi boshqa masalalar yo‘nalishida bo‘lganligi yig‘ilish qatnashchilariga yetkazildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga kelgusida o‘zlarini qiziqtirgan muammo va savollar yuzaga kelgan taqdirda, Davlat bojxona qo‘mitasining qisqa 11-08 raqamli yoki Namangan viloyati bojxona boshqarmasining 234-33-01 raqamli “ishonch telefon”i orqali murojaat qilishi mumkinligi eslatib o‘tildi.

Поделиться