O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro jaz festivali Toshkentda dunyoga mashhur yulduzlar ishtirokida o‘tmoqda

2019-04-16 | Madaniyat

Jaz — noan'anaviy ijro, ijodiy yangilik va qator san'atlar uyg‘unligi mujassam etilgan ijodiy yo‘nalishdir. U o‘ziga xos ohanglari, talqini bilan ta'sirli, jozibali va tinglovchiga sevimlidir. Aprel'  oyida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida jaz festivallari o‘tkaziladi. Yurtimizda ham ayni tadbir katta tayyorgarlik va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda.

Festival doirasida jaz san'atining dunyoga mashhur namoyondalari ishtirokida  20 ga yaqin konsert bo‘lib o‘tadi, shuningdek, musiqa va san'atga ixtisoslashgan ta'lim dargohlari o‘quvchi hamda talabalari uchun mahorat darslari tashkil etiladi.
 
Dunyoga mashhur xonandalar Barna Peli, Abs, Ivan Gunavan, Shafeli Alvares, Malkolm Braff, Kler Yunenen, Efe Turumtau, Nikola Zaris, Arun Gxosh, Omri Mor, Berixonim Abate va Lounlar o‘zining  jaz qo‘shiqlari bilan ko‘pchilikka sevimli bo‘lib ulgurgan. Festivalda ishtirok etish davomida siz ushbu ijodkorlar bilan uchrashish, suhbatlashish va ijodini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
 
YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kabi qator tashkilot va ta'lim muassasalari hamkorligida o‘tkazilayotgan festival dasturi bilan ilovada tanishing hamda o‘zingizga qiziqarli bo‘lgan tadbirlarda ishtirok eting.
 
UZB: https://drive.google.com/open?id=13Bw5TLvRdy3L_SGOy_2VHC3_RysUiJfs
 
ENG: https://drive.google.com/open?id=19BLgi1zEoBDYk9Jo2vkaleJhJLTCcaa1

Поделиться