O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bilan uchrashuv

2019-04-16 | Siyosat

2019-yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar faollashayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2018-yili o‘zaro savdo oldingi yilga nisbatan 37% ga o‘sib, 235,9 million AQSh dollarini tashkil etdi, Buyuk Britaniya O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiya hajmi bo‘yicha 5-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va 2019-yilda o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashish chog‘ida Afg‘oniston muammosiga alohida e’tibor qaratildi. Britaniya tomoni afg‘onlararo tinchlik muloqotiga ko‘maklashish va Afg‘onistonda yirik infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shu jumladan, O‘zbekiston ta’lim muassasalari amaliyotida tegishli standartlar va tajribani qo‘llash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Suhbatda Buyuk Britaniya Elchisi Kristofer Allan ishtirok etdi.

Поделиться