O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda OTMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi

2019-04-15 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 noyabrdagi 942-sonli qarori asosida Oliy ta'lim tizimida Islom taraqqiyot banki investisiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan “Oliy ta'lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi ish faoliyatini boshladi.

Loyihaning umumiy qiymati 60,5 mln. AQSh dollari miqdorida bo‘lib, bunda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari 47,72 mln. AQSh dollari va O‘zbekiston Respublikasi ulushi 12,81 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi respublika miqyosida 50 ta oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta'minlashdan iborat.

Loyiha haqida ma'lumot.

Поделиться