O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlimi vazirligi axboroti

2019-04-12 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Prezident maktablariga oʻquvchilarni tayyorlash boʻyicha Next Step Up School kompaniyasi tomonidan matbuotda eʼlon qilingan ”Kimning bilimi kuchliroq” (“Кто круче в знаниях”) loyihasini ishga tushirilishi haqida quyidagicha izoh bildiradi:

Next Step Up School kompaniyasi yoki uning boshligʻi Muhayyo Zayrovaning Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq.

Ushbu maqolada Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, Prezident maktablariga kirishda ingliz tili asosiy mezon ekanligi haqida fikr bildirdi, deya taʼkidlangan. Vazir oʻzining Facebook sahifasida ota-onalarga: “Farzandingizni Prezident maktablarida oʻqishini istasangiz ingliz tilini oʻrgatishni boshlang!”, deb yozgan. Bunga sabab, Prezident maktablarida xorijlik pedagoglar oʻquvchilarga ingliz tilida taʼlim berilishi koʻrsatilgan.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov hech qachon oʻquvchilarni Prezident maktabiga qabul qilishda ingliz tilini bilish darajasi asosiy mezon boʻlishi haqida aytmagan.

Shuningdek, maqolada Muhayyo Zayrova Prezident maktabida oʻqishga tayyorlash va qabul qilish boʻyicha ota-onalarning barcha savollariga javob berishga tayyor ekanligi qayd etilgan.

Taʼkidlash joizki, ayni paytda Xalq taʼlimi vazirligi hamda Cambridge Assessment Prezident maktablariga oʻquvchilarni saralab olish borasida ish olib bormoqda. Kirish imtihonlarini oʻtkazish va iqtidorli oʻgʻil-qizlarni tanlash mezonlari hali tasdiqlanmagan.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablarining rasmiy sahifalari (TelegramFacebookInstagram) ishga tushirildi. Ushbu sahifalarda Prezident maktablariga oid barcha rasmiy maʼlumotlar tezkorlik bilan berib boriladi. Eslatib oʻtamiz, joriy yilda Toshkent, Xiva, Nukus hamda Namanganda Prezident maktablari tashkil etiladi.

Поделиться