O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta’limi vazirligi izohi

2019-04-11 | Ta’lim

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining uza.uz saytida “Ko‘zbo‘yamachilik: Maktablar reytingi imtihonlarida o‘quvchi o‘rniga boshqa o‘quvchi kirishi aniqlandi” hamda kun.uz saytida “Ko‘zbo‘yamachilik: namunali maktablarda imtihonda o‘quvchi o‘rniga boshqa o‘quvchi kirganligi aniqlandi” nomli maqolalari chop etildi. Xalq ta’limi vazirligi mazkur maqolalar bo‘yicha quyidagicha izoh bildiradi:

Prezident Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 5 sentyabrdagi «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 17 dekabrdagi qo‘shma qarorlari bilan “Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari” tasdiqlangan.

Umumta’lim maktablari faoliyati samaradorligini baholash jarayoniga jami umumta’lim maktablarining 10 foizi, shu jumladan Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablarining 50 tasi qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2019 yil 28 martdagi “Umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga oid nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan ishchi guruhi tomonidan 8-15 aprel kunlari umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilaridan (ona tili fanidan diktant, matematika fanidan yozma ish) nazorat ishlari olinmoqda.

Davlat inspeksiyasining buyrug‘iga asosan 9-sinflari ichidan qur’a tashlash yo‘li bilan 1 ta sinf tanlanib, nazorat ishlari olinishi belgilangan.

Buxoro shahridagi 17-, 35- hamda 38-umumta’lim maktablari tomonidan jarayon boshlangunga qadar yetib kelmagan o‘quvchilar o‘rniga boshqa sinf o‘quvchilari kiritilgan. Bu holat respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘quvchilarni shaxsi birma-bir o‘rganilganda aniqlangan va belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Yuqoridagi holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun Buxoro shahridagi 17-(X.Burxonova), 35-(G.Ravshanova), 38-(M.Mirakova) umumta’lim maktablari direktorlariga viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2019 yil 9 apreldagi buyrug‘i bilan “Hayfsan” e’lon qilindi. Umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga qamrab olingan qolgan maktab direktorlari qat’iy ogohlantirildi.

Umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga qamrab olingan qolgan maktab direktorlari ham bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy ogohlantirildi.

Xalq ta’limi vazirligi joylardagi mutassadilarni umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga oid nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish jarayonida shaffoflik va adolat mezonlariga rioya etishga chaqiradi.

Поделиться