O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash masalasi muhokama qilindi
2019-04-10 | Jamiyat
Bugun Chexiya Respublikasi savdo-sanoat vaziri M.Novikova boshchiligidagi biznes delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.G‘ulomov bilan uchrashdi.
Tomonlar radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni hamkorlikda ta’minlash masalasini muhokama qildi.
Ma’lumki, chexiyalik mutaxassislar radioaktiv chiqindilarni zararsizlantirish, atom energiyasidan xavfsiz foydalanish borasida yaxshi tajribaga ega. Uchrashuvda bu alohida e’tirof etilib, ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida o‘zbekistonlik bir guruh mutaxassislarni Chexiyaga yuborish taklifi ma’qullandi.