O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Islom sivilizatsiyasi markazi hududiga bir yarimta “Paxtakor” stadionini joylashtirish mumkin
2019-04-10 | Jamiyat
Islom sivilizatsiyasi markazida Xalqaro Press-klubning media-turi boʻlib oʻtmoqda. Unda jurnalistlar va talabalar, markaz qurilishi va uning kelgusi faoliyatiga masʼul vakillar qatnashmoqda.
Maʼlumki, Xalqaro Press-klub faoliyatida turli formatlar mavjud boʻlib, media-tur, aytish mumkinki, uning eng qiziqarlisidir. Sababi, bunda tanlab olingan maʼlum bir mavzu joyiga borib oʻrganiladi, olimlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislarining fikr-mulohazalariga eʼtibor qaratiladi. Bugungi tadbir ham bundan mustasno emas, albatta.
Dastlab Xalqaro Press-klub raisi Sherzod Qudratxoʻjayev media tur ishtirokchilarini bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan hudud tarixi, sobiq ittifoq davrida Hastimom masjidi va uning atrofidagi mahallalarda kechgan hayot, mustaqillikdan keyingi davrlar va bugungi islohotlar haqida qisqacha soʻzlab berdi.
Shundan soʻng yigʻilganlar soha mutaxassislarining Markaz faoliyatiga doir fikr-mulohazalari, bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.
Xususan, tadbirda Islom sivilizatsiyasi markazi hududi bir yarimta “Paxtakor” stadioni bilan teng ekaniligi aytib oʻtildi.
Ayni paytda media tur ishtirokchilari jarayoni bilan tanishmoqdalar.