O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekiston – Аvstriya: savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha yangi imkoniyatlar

2019-04-10 | Iqtisodiyot

Toshkentda 9 aprel kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha O’zbekiston – Аvstriya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning iqtisod, savdo-sanoat, sarmoya, fan, ta'lim, qishloq va suv xo’jaligi, energetika, yengil va kimyo sanoati kabi qator sohalar uchun mas'ul vazirlik va idoralari, kompaniya rahbarlari ishtirok etdi. 

O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Аvstriyaning raqamlashtirish va iqtisodiy ishlar Federal vazirligining tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha bosh direktori Frants Vessing va boshqalar ikki tomonlama hamkorlik ko’plab yo’nalishlarda, xususan, savdo-iqtisodiy sohalarda rivojlanib borayotganini ta'kidladi. 

Mamlakatimizda Аvstriya sarmoyasi ishtirokida 50 ga yaqin qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda. 2018 yilda o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshgan. Bugungi kunda O’zbekistondan Аvstriyaga kimyo sanoati, metall, qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksport qilinmoqda. 

Hukumatlararo komissiya majlisida o’zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishdan har ikki tomon birdek manfaatdor ekani qayd etildi. 

Ta'kidlanganidek, tomonlar farmatsevtika, kimyo, yengil sanoat, ilm-fan, texnologiyalar, turizm, standartlashtirish va ekologiya kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha ulkan salohiyatga ega. Shuningdek, O’zbekistonda avstriyalik iste'molchilarni yuqori sifatli tekstilь, sarxil va quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavotlar kabi talab yuqori bo’lgan mahsulotlar bilan ta'minlash imkoniyati mavjud. 

Tadbir doirasida “Аngren” erkin iqtisodiy zonasida metall konstruktsiyalar ishlab chiqarish, metallni ruxlashga ixtisoslashgan zavodlar bunyod etish, Surxondaryo viloyati poliz ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan zamonaviy issiqxonalar qurish borasida kelishuvlarga erishildi. 

Shu kuni Toshkentda O’zbekiston – Аvstriya ishbilarmonlari biznes-forumi ham tashkil etildi. 

Forumda Аvstriyaning tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat, kimyo sanoati, transport, logistika, sayyohlik, qurilish, energetika, turizm, qishloq xo’jaligi kabi sohalarga ixtisoslashgan 30 ga yaqin kompaniya vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida mehmonlar mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar mazmuni bilan tanishtirildi. 

– O’zbekistonda iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ijobiy o’zgarishlar Аvstriya ishbilarmonlarining mamlakatingizga bo’lgan qiziqishini oshirmoqda, – dedi Аvstriya iqtisodiyoti Federal palatasi vitse-prezidenti Rixard Shents. – Ular mamlakatingiz ishbilarmon doira vakillari bilan energetika, qishloq xo’jaligi, tibbiy anjomlar va uskunalar ishlab chiqarish, farmatsevtika, go’sht, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, urug’chilik, yuk tashish kabi iqtisodiyotning ko’plab sohalari bo’yicha hamkorlik o’rnatishga tayyor. 

Tadbirda o’zaro hamkorlikda qo’shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, "O’zkimyosanoat" aktsiyadorlik jamiyati, "O’zto’qimachiliksanoat" uyushmasi, Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi vakillari tomonidan yangi investitsiyaviy loyihalar bo’yicha taqdimotlar o’tkazildi. 

Forumda ikki mamlakat ishbilarmonlari o’rtasida B2B formatdagi uchrashuvlar tashkil etildi. 

 

Malohat Husanova, O’zА

Поделиться