O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Avstriya Hukumatlararo komissiyasining bo‘lajak yig‘ilishiga doir
2019-04-08 | Siyosat
2019-yilning 9-aprel kuni Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Avstriya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Avstriya delegatsiyasiga Raqamlashtirish va iqtisodiyot vazirligining Tashqi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha bosh direktori Frans Vessig rahbarlik qiladi.
O‘zbekistonning Vena shahridagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra 9-aprel kuni Avstriya Federal iqtisodiy palatasi vitse-prezidenti Rihard Shens boshchiligidagi 50 ga yaqin yetakchi kompaniyalar va banklar vakillari ishtirokida ikki tomonlama O‘zbekiston-Avstriya biznes forumini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.