O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

2019-04-03 | Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarimizning oʻz hayotidan rozi boʻlib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan munosib hayot kechirishini taʼminlash boʻyicha oldimizga qoʻygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim boʻgʻini hisoblangan mahalla institutining oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini taʼminlash, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi.

Shu bilan birga, fuqarolar yigʻinlarining uyma-uy yurib aholi muammolarini aniqlab, ogʻirini yengil qilish borasida davlat idoralari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (keyingi oʻrinlarda Xalq qabulxonalari deb yuritiladi) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda – sektorlar) bilan hamkorligini kuchaytirish, moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash hamda soha xodimlari mehnatini munosib baholash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda.

Mahallaning jamiyat boshqaruvidagi oʻrni va faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar yigʻinlari ishini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, sohaga malakali, boy hayotiy tajribaga ega va fidoyi kadrlarni jalb etish maqsadida:

1. Murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” prinsipi asosida hamkorlik tizimi joriy qilinib, quyidagilar mazkur tizimning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish orqalimuammolarni aniqlash va hamkorlikda bartaraf etishchoralarini koʻrish, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;

har chorakda jamoatchilik nazoratining natijalari, aniqlangan muammolar toʻgʻrisida umumlashgan maʼlumotlar, shuningdek, tegishli mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish boʻyicha takliflarni xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilish uchun kiritish;

aniqlangan muammolarni umumlashtirish hamda hal etish maqsadida elektron axborot almashish tizimini joriy etish;

joylarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etishva ularning ijrosini taʼminlashda tizimli hamkorlikni oʻrnatish.

2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda – Respublika kengashi), Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining:

fuqarolar yigʻini huzuridagi jamoatchilik komissiyalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida jamoatchilik asosidafuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari – ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha maslahatchi hamdafuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari – tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga koʻmaklashish va obodonlashtirish ishlari boʻyicha maslahatchi lavozimlarini joriy etish;

mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini saqlashda keksa avlod vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar nafaqadagi xodimlarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida “Keksalar maslahati” guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

fuqarolar yigʻinlari raislari har chorakda oʻz mahallasi hududidagi dolzarb muammolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarnisektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga taqdim etib boradi;

eng dolzarb muammolar sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalari tomonidan tegishli dasturlarda inobatga olish uchun tavsiya etiladi;

 

fuqarolar yigʻinlari raislari muntazam ravishda davlat organlari
va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan masʼul xodimlari, sektor shtabi aʼzolari, yoʻl qurilish, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi yuzasidan yozma ravishdasektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga maʼlumot kiritadi;

 

Xalq qabulxonalari tomonidan fuqarolar yigʻinlari raislarining maʼlumotlarida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar, shuningdek, ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish masalasi koʻrib chiqiladi.

4. Belgilansinki, 2019 yil 1 iyundan boshlab fuqarolar yigʻinlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

5. Respublika kengashi hamda Moliya vazirligining fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari oylik ish haqi fondinijoriy yilda bosqichma-bosqich 1,5 baravarga oshirishtoʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda ushbu xodimlarning oylik ish haqi joriy yil 1 maydan 1,25 baravarga va 1 oktyabrdan 1,2 baravarga oshirilishi nazarda tutilsin.

Fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari lavozimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan mehnatga haq toʻlash fondi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Respublika kengashi quyidagilarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin:

a) Oliy sud bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, fuqarolar yigʻini qarorini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik hamda fuqarolar yigʻini raisi faoliyatining kafolatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;

b) Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatdaquyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini:

fuqarolar yigʻinlari organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish hamda eskirgan mexanizmlarni bartaraf etishni;

fuqarolar yigʻinlari organlarida “zamonaviy menejment” tizimini joriy etish hamda ularning faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari va javobgarlik doirasini aniq belgilashni;

fuqarolar yigʻinlarining mutasaddi davlat organlariga murojaatlarini koʻrib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlashni;

fuqarolar yigʻini raisining ijtimoiy himoyasi, ular faoliyatining kafolatlari va farqlash belgisini;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirishhamda kadrlarni mahalla boshqaruvi jarayoniga maqsadli qayta tayyorlash boʻyicha amaldagi oʻqitish tizimigaoid muammolarni oʻrganish asosida uni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni;

g) Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolar yigʻinlari, ularning xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaxslar faoliyatinireyting asosida baholash mezonlarihamda mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ragʻbatlantirish tartibini.

7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Respublika kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda fuqarolar yigʻinlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki boʻlgan binolarni biriktirilgan yer maydonlari bilan birgalikda xatlovdan oʻtkazib, ularning belgilangan tartibda fuqarolar yigʻinlariga mulk huquqi bilan berilishini taʼminlasin;

har chorakda tasdiqlangan grafik asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualarivafuqarolar yigʻinlari binolarini namunaviy loyihalar asosida qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash holati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.

8. Respublika kengashi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin.

9. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) kengashlari hamda fuqarolar yigʻinlari xodimlarini ularning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash, shuningdek, fuqarolar yigʻinlari balansida boʻlgan binolarni boshqa shaxslarga biriktirish yoki asossiz ravishda olib qoʻyish taqiqlanadi.

Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablarni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.

10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga:

“Mahalla” teleradiokanalini fuqarolar yigʻinlari faoliyatini yoritish masalalari boʻyicha Respublika kengashiningbosh axborot hamkori etib belgilash;

Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalqaro press-klub, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat va hamjihatlik, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrash, oilalarni mustahkamlash hamda ijtimoiy-maʼnaviy jarayonlarda mahallaning ishtiroki, mahallalardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tok-shoular, ijtimoiy roliklar, maxsus koʻrsatuvlar, maqolalar, chiqishlar va eshittirishlar tashkil qilish topshirilsin.

11. Respublika kengashi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan fuqarolar yigʻinlarining yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻi milliy segment maʼlumotlarini uzatish tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin;

fuqarolar yigʻinlarining Internet tarmogʻi milliy segment maʼlumotlarini uzatish tarmogʻidan foydalanishi uchunimtiyozli tarifni tasdiqlash boʻyicha taklif kiritsin;

b) 2020 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda “Elektron hukumat” tizimi doirasida“Mahalla” elektron maʼlumotlar bazasini ishga tushirsin.

12. Respublika kengashi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                         Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri, 
2019 yil 2 aprel

 
 

Поделиться