O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiyaning Parij akademiyasi vakillarining “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga tashrifi toʻgʻrisida

2019-04-03 | Turizm

2019-yilning 29-mart – 1-aprel kunlari “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga Parij akademiyasi vakillaridan akademiya rektori yordamchisi Leon Baptist, Boshlangʻich va uzluksiz professional taʼlim boshqarmasi rahbari Piyerr Bodenan, Yevropa va xalqaro hamkorlik boshqarmasi bosh direktori Fransua Novil va Parij Mehmonxona ishi maktabi xalqaro boʻlim boshligʻi Mishel Arbrolar tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Anvar Allabergenov, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining oʻquv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha prorektori Baxodir Turayev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Farxod Tursunov va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Parij akademiyasi va “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti vakillari oʻquv jarayonini takomillashtirish, professor-oʻqituvchilar va talabalarning mobilligini (almashishini) taʼminlash va professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish, universitet axborot resurs markazi kutubxona fondini zamonaviy oʻquv-metodik qoʻllanmalar, elektron shakldagi kitoblar bilan taʼminlash boʻyicha keng qamrovli hamkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga kelishishdi.

Shuningdek, zamonaviy standartlar asosida oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, Universitet axborot resurs markazi va kutubxona fondini boshqarish, Fransiyadagi universitetlarning kutubxonalari (mediateka) bazasidan foydalanish va markazni zamonaviy oʻquv-metodik qoʻllanmalar va darsliklar bilan boyitish, Fransiyaning turizm va madaniyat sohasidagi ilgʻor tajribasini chuqur oʻrganish maqsadida Universitet qoshida “Fransuz tili va madaniyatini oʻrganish markazi”ni tashkil etish choralarini koʻrish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish kelishib olindi.

Поделиться