O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonlik shifokorlar MDHda tengsiz

2019-04-02 | Sport

Toshkentda “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turniri yakunlandi.

Poytaxtimizda 25-30-mart kunlari futbol boʻyicha shifokorlar oʻrtasida “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turniri oʻtkazildi.

“Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydon qariyb bir hafta davomida shifokor-futbolchilar bilan gavjum boʻldi. Ilk bor tashkil etilgan musobaqada MDHga aʼzo davlatlar, yaʼni Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hamda Oʻzbekistondan ikkita jamoa gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Bugun qizgʻin, murosasiz, shu bilan birga doʻstona ruhda oʻtgan musobaqalar oʻz yakuniga yetdi.

Dastlab 3-oʻrin uchun bahs oʻtkazildi. Unda Qozogʻiston hamda Belarus terma jamoalari kuch sinashdi. Mazkur jamoalar guruh bosqichida ham toʻqnash kelishgan va oʻshanda tomonlar murosa koʻchasini tanlashgan edi. Buni qarangki, bu safar ham ular oʻrtasidagi bahsda kuchlar teng keldi, 2:2. Ammo, bu safar oʻyinda durang qayd etilishi mumkin emasdi. Shu bois gʻolibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Omad lotoreyasida esa qoʻshni qozoq shifokorlarining qoʻli baland keldi.

Nihoyat barcha orziqib kutgan final oʻyinida musobaqa mezboni Oʻzbekiston-1 hamda Tojikiston terma jamoalari toʻqnash keldi. Shuni taʼkidlash kerak, mazkur oʻyinni FIFA referisi, millatimiz faxri boʻlmish Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Oʻyin ham finalga xos shiddatkor ruhda kechdi va eng muhimi, tomonlar ochiq futbol namoyish etdi.

Musobaqadagi ilk oʻyinida hamyurtlarimiz qirgʻizistonlik hamkasblariga qarshi ancha qiynalishgan edi, garchi yirik hisobda gʻalaba qozongan boʻlsa-da. Oʻshanda jamoa murabbiyi Vohid Xolboyev shogirdlari oʻyindan oʻyinga ochilib borishi va keyingi oʻyinlar u qadar murakkab kechmasligini taʼkidlagandi. Amalda shunday boʻldi. Yarim finalda Belarus terma jamoasini osonlik bilan magʻlub etgan vakillarimiz finalda ham aytarli qiyinchilikka duch kelmadi. Sarvar Tolipov, Nodir Bahodirov, Farhod Umarov va Anvar Anvarovlarning toʻrt goliga Tojikiston terma jamoasi aʼzolari bironta ham javob qaytara olishmadi. Shunday qilib Oʻzbekiston-1 jamoasi “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlardan tashqari barcha ishtirokchi jamoalar ham tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari, diplom, medal va kubok bilan taqdirlandi. Shuningdek, nominatsiyalar boʻyicha ham eng yaxshilar aniqlandi.

Eng yaxshi darvozabon – Aleksandr Diskoves (Belarus)

Eng yaxshi himoyachi – Akbar Asqarov (Oʻzbekiston-2)

Eng yaxshi yarim himoyachi – Mikola Pakovskiy (Ukraina)

Eng yaxshi hujumchi – Azmiddin Saloiddinov (Oʻzbekiston-1)

Eng faxriy futbolchi – Maksim Vinogradov (Rossiya)

“Halol oʻyin” sovrini – Almazbek Duyshenov (Qirgʻiziston)

Shu tariqa hayajonlarga boy tarzda oʻtgan musobaqa yakuniga yetdi. Taʼkidlash joiz, ushbu xalqaro turnirni Jahon tibbiyot xodimlari oʻrtasida olimpiada oʻyinlari – “Medigames” xalqaro tashkilotining bosh menejeri Giyom Gassend (Fransiya) ham kuzatib bordi. Faxriy mehmonda “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turnirining tashkilotchiligi iliq taassurot qoldirdi. Bu esa yaqin kelajakda Oʻzbekistonda bundan ham nufuzli musobaqalarni oʻtkazishga zamin hozirlashiga shubha yoʻq.

Поделиться