O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dzyudochilarimiz Antaliya Gran-prisida qatnashadi

2019-04-01 | Sport

5-7-aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo boʻyicha anʼanaviy Gran-pri xalqaro turniri boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Nufuzli xalqaro turnirda sayyoramizning 78 davlatidan 537 nafar (330 nafar erkak, 207 nafar ayol) sportchi ishtirok etish uchun buyurtma bergan. Ular safidan Oʻzbekiston terma jamoasining 8 nafar aʼzosi ham joy olgan. Antaliya Gran-prisida polvonlarimiz nafaqat medallar, balki Tokio-2020 olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun ham bahs olib boradi.

Ushbu musobaqada Oʻzbekiston sharafini quyidagi sportchilarimiz himoya qiladi:

-60 kg: Kemran Nurillayev, Doston Roʻziyev,

-66 kg: Shahram Ahadov,

-73 kg: Gʻiyosjon Boboyev,

-90 kg: Shahzodbek Sobirov,

-100 kg: Sherali Joʻrayev, Oloviddin Joʻraqulov,

+100 kg: Alisher Yusupov

Antaliyada tashkil etiladigan Gran-pri turniriga polvonlarimiz murabbiylar Kamol Murodov hamda Oʻktam Raxmonov boshchiligida joʻnab ketadi.

Поделиться