O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qozogʻiston Elchisi bilan uchrashuv
2019-04-01 | Siyosat
2019-yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qozogʻiston Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Darxan Satibaldini qabul qildi.
Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni yuqori mansabga tayinlangani bilan samimiy tabrikladi va mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash yoʻlida unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Qozogʻiston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev poydevor qoʻygan Qozogʻistondagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga Oʻzbekistonda hurmat bilan qaraladi.
Uchrashuvda turli darajadagi ikki tomonlama aloqalar jadvali va kun tartibi, shuningdek, Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.