O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Shavkat Mirziyoyev Romitan tumanidagi “BCT Cluster” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi

2019-03-29 | Siyosat

Qishloq xoʻjaligida klaster tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar doirasida mazkur korxona uchun 8 ming gektar yer ajratilgan edi. 3 mingdan ziyod kishi ish bilan taʼminlanib, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash yoʻlga qoʻyildi. Birgina 2018 yilda 20 ming tonnadan ziyod xomashyo yetishtirilib, uni qayta ishlash natijasida 61,5 million dollarlik daromad olindi.

 

Eʼtiborlisi, korxonaga dastlab qariyb 75 million dollar investitsiya yoʻnaltirilgan edi. Yaʼni, sarflangan mablagʻ bir yildayoq oʻzini salkam oqladi.

Yana bir jihati: shuncha paxta tola sifatida sotilganda 11,5 million dollar boʻlardi. Qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida sotilganda 50 million yoki 6 barobar koʻp qoʻshimcha qiymat yaratilgan.

- Mana, klasterlar qanday boʻlishi kerak. Tadbirkorda manfaatdorlik hissi, yangicha dunyoqarash boʻlsa, albatta natija qiladi. Iqtisodiyot ishlasa, ijtimoiy sohalarniyam “tortadi”. Klaster elga manfaat keltiradi, odamlarni ish bilan, daromad bilan taʼminlaydi. Eng katta maqsadimiz mana shu, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Umuman, klaster paxta xomashyosi yetishtirish, uni qayta ishlab, tayyor mahsulotlargacha boʻlgan 8 ta loyihani oʻz ichiga oladi. Ip-kalava va mato ishlab chiqarish, ularni boʻyash, tayyor kiyim tikish fabrikalari qurilishi davom etmoqda.

Shuningdek, yogʻ-moy zavodi, chorvachilik kompleksi va ozuqa ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish rejalashtirilgan.

Поделиться