O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bir oyda 46 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi
2019-03-29 | Iqtisodiyot
Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi “Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi” hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda hududlarda joylashgan korxonalarga amaliy yordam berib kelmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Qoʻshrabot tumanida joylashgan “MADAD AGRO TOMORQA XIZMATI” korxonasida tashkil etildi. Ushbu korxona 250 gektar maydonda uzum yetishtiradi hamda qoʻshimcha 300 gektardan ortiq maydonga uzum koʻchatlari ekilgan.
Byuro xodimlarining koʻmagida korxona tomonidan quritilgan uzum mahsulotlari xalqaro talablar boʻyicha saralash va qadoqlash yoʻlga qoʻyildi. Korxona joriy yil mart oyida 46 ming dollarlik mahsulotni Xitoy davlatiga eksportini amalga oshirdi.
Shuningdek, soha mutaxassislari hududdagi “Sam Mining Group” korxonasida ham boʻlib, uning rahbariyatiga xalqaro talablar boʻyicha mahsulot tayyorlash yuzasidan tavsiyalar berildi. Ushbu korxona yaqin kunlarda Qozogʻiston davlatidagi hamkorlar bilan togʻ jinslaridan marmar plita mahsulotini eksportni yoʻlga qoʻyish yuzasidan kelishuvga erishgan boʻlib, ishlab chiqargan mahsulotini eksportga yoʻnaltirish arafasida.