O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eksportga koʻmaklashish davr talabi
2019-03-29 | Iqtisodiyot
Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi” xodimlari hududlardagi eksportyor korxonalarga mavjud muammo va masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan hamkorlik olib borilmoqda.
Jumladan, Termiz tumanida joylashgan eksportyor korxona “Global Agro eksport Agrofirma”da mavjud oʻlchash vositalarini davriy metrologik qiyoslovdan oʻtkazilishida amaliy yordam berildi.
Joriy yilning mart oyida ushbu korxona tomonidan yetishtirilgan 30 tonna koʻkat mahsuloti Belorussiya davlatiga eksport qilindi. Ushbu mahsulotlarni meʼyoriy hujjat asosida yorliqlanishi, qadoqlanishi, sertifikatlashtirish ishlarida, shuningdek ularni saqlanishi yuzasidan tavsiyalar berildi.