O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hadis ilmi maktabiga zamonaviy avtobus topshirildi

2019-03-28 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yilning 11 yanvar kuni viloyatimizga tashrifi chogʻida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi bilan tanishib, mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirish, bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy xodimlar va talabalar uchun har tomonlama qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha bir qator tashabbuslarni bildirgan edi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yilning 11 yanvar kuni viloyatimizga tashrifi chogʻida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi bilan tanishib, mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirish, bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy xodimlar va talabalar uchun har tomonlama qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha bir qator tashabbuslarni bildirgan edi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va boshqalar yurtimizda diniy-maʼrifiy sohani yanada takomillashtirish, muqaddas dinimizning sofligini asrash, uning asl insonparvarlik tamoyillarini ochib berish va keng targʻib etish, bu borada malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani va tizimli islohotlar olib borilayotganini taʼkidladi.

– Islom dinining, Qurʼoni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, ilmiy-maʼnaviy asoslarini, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan allomalarimizning ilmiy merosini oʻrganish, dinlar tarixi va nazariyasini mukammal egallagan, islom dini asoslari va arab tilini, xususan, hadis va unga doir ilmlarni chuqur oʻzlashtirgan yetuk mutaxassislarni tayyorlash Hadis ilmi maktabining asosiy vazifasi hisoblanadi, – deydi Hadis ilmi maktabi rektori Olimjon Yusupov. – Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yonida Hadis ilmi maktabiga har tomonlama qulay sharoitga ega zamonaviy bino qurib berildi.

Prezidentimiz shu yilning 11 yanvar kuni yangi maktab bilan tanishib, bu yerda talabalarga Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Margʻinoniy va boshqa buyuk allomalarimizning asarlarini oʻrgatish, ularning kitoblarini oʻqib boʻlgandan soʻng, albatta, bu ulugʻ ajdodlarimiz tugʻilib oʻsgan joylar, mangu orom topgan maskanlarini ziyorat qilish zarurligini qayd etib, buning uchun maktabga zamonaviy avtobus ajratish boʻyicha koʻrsatma bergan edi. Ana shu tashabbus asosida bugun maktabga berilgan tuhfa barchamizni behad quvontirdi.

Tadbir ishtirokchilari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Поделиться