O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoro “BUKHARA INVESTMENT FORUM 2019” xalqaro investitsiya forumiga mezbonlik qiladi!

2019-03-28 | Iqtisodiyot

2019-yil 30-31-mart kunlari “BUKHARA INVESTMENT FORUM 2019” xalqaro investitsiya forumini tashkil etish rejalashtirilgan.

Forumning asosiy maqsadi xorijiy investorlarni Buxoro viloyatining investitsiya salohiyati bilan tanishtirish va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali samarali loyihalarni amalga oshirishdir.

Xalqaro forum doirasida:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi PQ-3843-sonli qarori asosida tashkil etilgan “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasiga;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasiga;

3) “Bukhara City” qurilishi doirasidagi investitsiyaviy taklif loyihalariga;

4) Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish va turizm sohasidagi investitsiya obyektlari hududlariga tanishuv tashriflari uyushtirilishi va loyihalar taqdimoti tashkil etilib, tanlangan taklif loyihalarini joyiga chiqib oʻrganish imkoniyati yaratilishi koʻzda tutilgan.

Поделиться