O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda amaliy seminar tashkil etildi

2019-03-28 | Jamiyat

“Yetakchi Ekspertlar xizmati” (SES) xalqaro tashkiloti vakili Fredrix Notdurft “Global G.A.P” xalqaro standarti talablarini joriy etish yuzasidan Buxoro viloyatida boʻldi.

Tashrif davomida masʼul Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda Buxoro shahri va tumanlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlari, yaʼni “Buxaro grand agro”, “Jamshid javohir”, “Eltek eksklyuziv”, “Sarbon asl savdo”, “Jondor qurilish invest”, “Agro treyd” va “Oʻktam Boʻston Saxovati” kabi bir qator fermer xoʻjaliklariga borib Xalqaro “Global G.A.P” standarti toʻgʻrisida tavsiyalar, koʻrsatmalar va tegishli maʼlumotlarni berdilar.

Mazkur “Global gap” sertifikatini qoʻlga kiritgan fermer xoʻjaliklari uchun yaratiladigan imkoniyatlari hamda bugungi kunda ushbu sertifikat jahonning 124 dan ortiq davlatlarida joriy etilib kelinayotgan boʻlib, sertifikatga ega boʻlgan fermer xoʻjaliklari soni 180,0 mingdan ortiq ekanligini bildirdi.

Fermer xoʻjaliklarini qiziqtirgan savollariga shu yerning oʻzida tushuntirishlar berildi va har bir tumanda kamida 5-10 ta fermerlarning ushbu tizimni oʻzlarida joriy etishlari hamda qiyinchiliklarsiz Osiyo va Yevropa bozorlariga chiqa olish imkoniyatlari haqida misollar keltirildi.

Поделиться