O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT vaziri maktabga kitoblar tuhfa qildi. Bu yerda Raqamli texnologiyalar markazi ham ochiladi

2019-03-28 | Ta’lim

Shu yilning 19-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni mamlakatimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilingandi.

Ushbu tashabbuslardan birining ijrosi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga yuklanib, unga koʻra, ilgʻor xalqaro tajribalar asosida barcha shahar va tumanlar markazlarida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etish topshirigʻi berilgandi.

Mazkur topshiriqlarni bajarish boʻyicha Namangan va Sirdaryoda “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etildi. Bu kabi markazlarni 2020-yilga qadar bosqichma-bosqich respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ochish belgilangan.

Oʻsha kungi yigʻilishda davlatimiz rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish masalasiga toʻxtalib, “Har bir rahbar oʻzining shaxsiy kutubxonasidan oʻzi taʼlim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilsa, bu yaxshi tashabbus boʻlib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi”, deb taʼkidlagandi.

Mazkur tashabbus asosida shu kunlarda turli soha rahbarlari tomonidan maktablarga kitoblar hadya qilinmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ham Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumanidagi oʻzi tahsil olgan 3-oʻrta maktabga bordi. Vazir ushbu maktabga oʻz shaxsiy kutubxonasidan kitoblar tuhfa qildi.

Shuningdek, vazir maktabning informatika sinfini mukammal taʼmirlash va uni kompyuterlar bilan jihozlash tashabbusini ilgari surdi. Qolaversa, shu yerning oʻzida yoshlarni boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish va dasturlash saboqlarini oʻrgatish uchun Raqamli texnologiyalar markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilab olindi.

Ayni vaqtda kompyuterlar toʻplami maktabga yetkazilgan. Taʼlim dargohiga optik tolali aloqa liniyasi tortilib, kompyuter sinflari yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulanishi taʼminlanadi.

Поделиться