O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bosh vazir 9-maktabga kitoblar toʻplamini taqdim etdi
2019-03-27 | Ta’lim
Alohida taʼkidlash joizki, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev xayrli tashabbusni ilgari surib, rahbarlarni oʻzi taʼlim olgan maktab kutubxonasiga kitob sovgʻa qilishga chorlagan edi. Oz fursat ichida mazkur tashabbusni mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan rahbarlar qoʻllab-quvvatlab, qadrdon oʻquv dargohiga kitoblar sovgʻa qila boshladi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 9-maktabga tashrif buyurdi. Oʻzi tahsil olgan maktabda boʻlib, taʼlim maskani kutubxonasiga shaxsiy kitoblar toʻplamini taqdim etdi.
Mazkur xayrli tashabbus oʻtgan haftada boshlangan boʻlib, prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Shofirkondagi maktabga, shuningdek, Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov poytaxtimizdagi 22-maktabga oʻgʻil-qizlar uchun qiziqarli boʻlgan adabiyotlarni sovgʻa qildi.
Kelgusida ushbu tashabbus oʻquvchi-yoshlarning mutolaaga qiziqishini hamda intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Xalq taʼlimi vazirligi barcha fuqarolarni ushbu xayrli ishda faol ishtirok etishga chaqiradi.