O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻzi oʻqigan maktabga kitoblar va sport jihozlari sovgʻa qildi

2019-03-27 | Ta’lim

27-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabiga borib, oʻzi taʼlim olgan ushbu muassasaga sport jihozlari hamda shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovgʻa qildi.

Maktab jamoasi va oʻquvchilar bilan boʻlgan suhbat chogʻida vazir oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda har bir inson faollik koʻrsatishi lozimligini taʼkidladi.

– Umid qilamizki, oʻquvchilarimiz bu kitoblarni oʻqib oʻz bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlashadi. Yoshlarimiz qaysi sohani tanlamasinlar, ularning har tomonlama barkamol inson boʻlib yetishishlari uchun nafaqat maʼnan, balkim jismonan rivojlanish ham muhim rol oʻynaydi. Shuning uchun, oʻquvchilarimiz boʻsh vaqtlarini turli zararli odatlarga sarflashlariga yoʻl qoʻymaslik uchun ularni kitob oʻqishga, sport bilan shugʻullanishga daʼvat etishimiz zarur, – dedi Dilmurod Nabiyev

Eslatib oʻtamiz, rahbarlarni oʻzi taʼlim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilish tashabbusi 19 mart kuni yoshlar maʼnaviyatini oshirish, ularning boʻsh vaqtini tashkil etishda koʻmak berish, yoshlar orasida kitob oʻqishni targʻib qilishga bagʻishlangan yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi.

Поделиться