Kino ixlosmandlari orasida hindcha film ko‘rmagan, undagi dilga yaqin qo‘shiqlardan ruhlanib raqsga tushmagan kishi kam topilsa kerak.
Azal-azaldan ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar, ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlar samarali yo‘lga qo‘yilgan. Xalqaro hamkorlik izchil rivojlanib kelmoqda.
Alisher Navoiy nomli kino saroyida O‘zbekiston va Hindiston mamlakatlari madaniy hamkorliklarini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbir bo‘li bo‘tdi.
Tadbirni Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar va ''O‘zbekkino'' milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov ochib berdi.
So‘ng kino ixlosmandlariga hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgan, dardkashlikni targ‘ib qiluvchi, mehr-muhabbat ulug‘langan ''Barfi'' filmi namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz, 31-mart kuni ikki mamlakat ijodkorlari tomonidan ishlangan ''Shodu xurramlik'' filmining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Dilobar Asliddin qizi, O‘zA