O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda “Nasriddin Afandi” festivali oʻtkaziladi

2019-03-26 | Turizm

1-aprel – Butunjahon kulgi kunini nishonlash arafasida Buxoroning tarixiy yerlarida “Nasriddin Afandi” festivaliga start beriladi.

Bayram qisqa yumoristik, satirik miniatyura va latifalarning mashhur qahramonlari, jumladan, Xoʻja Nasriddinning kundalik ertaklari bilan bogʻliq boʻlgan hazillar, mutoyibalar va rang-barang afsonalarga boy boʻladi.

Bundan tashqari, ushbu kunda “Sharq taomlari” festivali ham tashkil etiladi va tashrif buyurganlar Oʻzbekiston milliy oshxonasining mazali taomlari va shirinliklaridan tatib koʻrish imkoniga ega boʻlishadi. Tadbir ikki kun davomida oʻtkaziladi.

Поделиться