O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yosh shaxmatchilarimiz Osiyo chempionatida qatnashadi
2019-03-26 | Sport
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishicha, shu yilning 1-10 aprel kunlari Shri-Lankaning Kalutara shahrida shaxmat bo‘yicha 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik yosh aql-idrok sporti vakillari ham ishtirok etadi.
Ushbu nufuzli musobaqada o‘z yosh toifalari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlarida yuqori natija ko‘rsatgan shaxmatchilar, jumladan Umida Omonova, Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova, Humoyun Bekmuratov va Abdumalik Abdusalimov vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Ta’kidlash joiz, shaxmatning klassik, rapid hamda tezkor yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo chempionatining g‘olib va sovrindorlari shveysarcha tizimda 9 tur natijalariga ko‘ra aniqlanadi.