O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri Prezident Administratsiyasi tomonidan oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabulda ishtirok etdi

2019-03-26 | Jamiyat

Joriy yilning 24 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasida Prezident Administratsiyasi tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda aholi murojaati mazmunidan kelib chiqib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Muxammadiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov, Bosh prokuror Otabek Murodov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov, Toshkent viloyati hokimi Gʻulomjon Ibragimov, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari qabul qildi.

Sayyor qabulda har bir murojaatchining arzi-holi tinglanib, ularning eʼtiroziga sabab boʻlgan holatlar chuqur tahlil qilingan holda bartaraf etish choralari koʻrildi. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan qonun buzilishi holatlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joyida hal etildi.

– 2000 yildan buyon oilam bilan Haqiqat koʻchasi 86-uyda yashayman, – deydi chirchiqlik Baxtiyor Hasanov. – Oʻsha yili shu uyni sotib olib, hujjatlarini rasmiylashtirishni boshladik. Koʻchamizning buzilishi mumkinligi vaaji bilan bu jarayon paysalga solindi. Oqibatda uyning elektr, gaz, suv va bir qator hujjatlari mening nomimga oʻtgani holda, uyga egalik huquqi berilmadi. Hozir uyimiz egasiz. Chunki, sobiq egasi uni menga sotgan va unda uyga egalik huquqi yoʻq. Qizigʻi, 19 yildirki, oʻz uyimga bunday huquq oʻzimda ham yoʻq. Shu masala boʻyicha murojaat qilib, amaliy yordam soʻrab keldim.

Sayyor qabul jarayonida Adliya vaziri R.Davletov tomonidan qabul qilingan fuqarolarning 50 dan ortiq murojaatlari ijroga qaratildi.

Murojaatlarning aksariyat qismi chirchiqlik fuqaro Baxtiyor Hasanov singari oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish doirasida amaliyotda uchrayotgan muammolariga yechim topish ilinjida kelgan aholini, qolgan qismini esa doimiy roʻyxatdan oʻtish, ishga joylashish, uy-joy oldi-sotdisi va boshqa masalalarni tashkil etdi.

Aholi bilan ochiq muloqot mobaynida aholining 400 dan ortiq murojaati tinglanib, maʼlum qismi joyida bartaraf etildi. Atroflicha oʻrganish yoki vaqt taqozo etiladigan murojaatlar boʻyicha tegishli mutasaddilarga vazifa belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabul doirasida bir guruh nogironligi boʻlgan fuqarolarga nogironlik aravachasi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga alohida eʼtibor qaratildi.

Поделиться