O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Poytaxt hokimligida Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2019-03-25 | Turizm
Toshkent shahar hokimligida Yaponiyaning Nagoya shahri hokimligi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda shaharlar oʻrtasida turizmni rivojlantirish borasidagi masalalar muhokama etildi.
Xususan, uchrashuv doirasida ikki shahar oʻrtasidagi oʻzaro madaniyatlararo almashinuv, mavjud turizm potensiyalini targʻib qilishdagi oʻzaro hamkorlik, jamoat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi takliflar ishlab chiqildi.
Yigʻilish yakunida tomonlar kelgusidagi faoliyat borasida kelishib oldilar.
Maʼlumot uchun, Yaponiyaning Nagoya shahrida turistlar oqimi oʻtgan 2016-2017- yillarda 2.6 mln. kishini tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatgich 2018 yil oxiri 2019 yil boshlarida 5.3 mln. kishiga ortgan.