O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlatimiz rahbarining BAA Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2019-03-25 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahrida mamlakatimiz delegatsiyasi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.
Uchrashuvda jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Bu borada oʻzaro tajriba almashish, delegatsiyalar tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.