O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlimi vazirligi axboroti

2019-03-25 | Jamiyat

Xalq taʼlimi vazirligi ommaviy axborot vositalarining internet tarmoqlarida respublikadagi alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Bugungi kunda respublikada alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 4 ta taʼlim muassasalari mavjud.

Bular Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufidagi Baxt shahridagi oʻgʻil bolalar maxsus kolleji va Qoʻqon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji, Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida Samarqand shahridagi 64-sonli oʻgʻil bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Chinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatidir.

Ushbu taʼlim muassasalari faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 26 noyabrdagi 268-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan olib boriladi.

Mazkur maktab-internatlariga ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bogʻliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining mohiyatini toʻliq anglab yetishga qodir boʻlmagan, yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramay, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilishni davom ettirayotgan 11-14 yoshli voyaga yetmaganlar maʼlum bir muddatga (6 oydan 3 yilgacha, to axloqan tuzalgunlariga qadar) joylashtiriladi. Tarbiyalanuvchilar axloqan tuzalganlaridan soʻng, umumtaʼlim maktablarida taʼlim olishni davom ettiradi.

Xalq taʼlimi tizimiga qarashli Samarqand shahridagi 64-sonli oʻgʻil bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida jami 113 nafar tarbiyalanuvchiga 43 nafar, Chinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida jami 40 nafar voyaga yetmagan bolalarga 20 nafar pedagoglar taʼlim-tarbiya beradi. 

Maʼlumotlarda keltirilgan jumlalar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, avvalo “.... homilador yosh qizlar bor, u sharoitlarda odam yashay olmaydi” qabilidagi gaplar keltirib oʻtilgan. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, vazirlik tasarrufidagi yuqorida keltirib oʻtilgan taʼlim muassasasida 11-14 yosh qizlar tarbiyalanadi. Tarbiyalanuvchi qizlar orasida esa bu kabi holatlar qayd etilmagan.

Shuningdek, Xalq taʼlimi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga oʻquvchilar sud ajrimi va xalq taʼlimi vazirligining yoʻllanmasiga asosan chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan holda qabul qilinishini alohida taʼkidlab oʻtish joiz.

Tarbiyalanuvchilarning homiladorligi haqida tarqatilgan notoʻgʻri maʼlumotlar 11-14 yoshli qizlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tahqirlashga sabab boʻlmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga koʻra, mamlakatimizda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. 48-moddada esa fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majbur ekanligi taʼkidlangan.

Maʼlumotdagi yana bir holatga eʼtibor qaratsak, “ahvol kriminal boʻlib yotibdi, davlat byudjetidan ajratilgan pullar talon-taroj. Oʻzi shundoq ham xulqi yomon bolalar orasida muhit juda achinarli...” deya aytib oʻtilgan.

Mazkur ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari 2018 va 2019 yillar davomida bir necha bor Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, turli tashkilot va idoralar hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamgʻarmasi YUNISЕFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan oʻrganilgan.

Oʻrganish davomida taʼlim muassasasi faoliyati va tarbiyalanuvchilar tomonidan aytib oʻtilgan salbiy holatlar aniqlanmagan.

Поделиться