O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiya – jamiyat va mamlakat rivoji uchun oʻta salbiy illat

2019-03-20 | Jamiyat

Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Korrupsiya – jamiyat va mamlakat rivoji uchun oʻta salbiy illat” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda mazkur markaz rahbariyati va shaxsiy tarkibi, xodimlarning ota-onalari va oila aʼzolari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok qilishdi.

Tadbirda soʻzga chiqar ekan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Raisi Botir Matmuratov soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash oʻzining yanada faol va samarali yangi bosqichiga koʻtarilayotganini taʼkidladi.

Davra suhbatida asosiy eʼtibor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26 yilligiga bagʻishlab 2018 yil 7 dekabrda oʻtkazilgan tantanali marosimdagi maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalarga qaratildi.

Taʼkidlash joizki, mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan davlat bojxona xizmati organlari xodimlari oʻrtasida korrupsiya va boshqa nojoʻya xatti-harakatlarni sodir etilishini oldini olish, oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda xodimlarning javobgarligini oshirish maqsadida mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi hayotga tadbiq qilindi.

Xususan, Milliy kinologiya markazi tomonidan ushbu dastur doirasida shaxsiy tarkib oʻrtasida korrupsiya va tamagirlikka qarshi kurashish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2018 yil va joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 15 marotaba umumiy tartibda profilaktik tarbiyaviy ishlar, korrupsiya va boshqa nojoʻya xatti-harakatlarni oldini olish boʻyicha turli uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etildi. Oldinda turgan dolzarb vazifalar esa bu kabi tadbirlarning samaradorligi va taʼsirchanligini yanada oshirishga qaratilmoqda.

Bunda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-5618 son Farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu Farmon bilan davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Davra suhbatida mazkur Farmonning mazmun-mohiyati yuzasidan ham keng tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Поделиться