O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XTV vakillari Andijonda fuqarolarning murojaatlari boʻyicha sayyor qabul oʻtkazdi
2019-03-20 | Ta’lim
Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 15-mart kuni fuqarolarning murojaatlari boʻyicha sayyor qabul oʻtkazdi.
Qabulda Xalq taʼlimi vazirining maslahatchisi Gʻayrat Shoumarov, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Furqat Buzrukov hamda viloyat prokuraturasining boʻlim boshligʻi Sh.Ergashev ishtirok etdi.
Xalq taʼlimi vazirligi va viloyat prokuraturasi vakillari sayyor qabul davomida 28 nafar fuqaroning murojaatlarini tingladi va oʻrgandi.
Mazkur jarayonda 12 ta murojaat oʻrganilib, ijobiy hal etildi. Yana 10 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi vakillari tomonidan 6 ta murojaatni oʻrganib chiqish ishlarini yakunlash boʻyicha muddat belgilandi.
Jumladan, bir guruh fuqarolardan maktab direktorining noqonuniy harakatlari boʻyicha murojaati oʻrganib chiqish uchun prokuratura organlariga yuborildi.
Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati tomonidan Andijon viloyatidagi tuman xalq taʼlimi boshqarmalariga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.