O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh Prokuratura noqonuniy olib chiqib ketilgan rassom Rembrandt asarini Madaniyat vazirligiga topshirdi

2019-03-19 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida gollandiyalik rassom Rembrandt Van Rey qalamiga mansub asar Bosh Prokuratura tomonidan vazirlik tasavvuriga topshirilganligi munosabat bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida aytilishicha, Rembrandtning mamlakatimizdan noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqib ketilgan noyob asari yuzasidan sodir etilgan jinoyat fosh etilib, asar yurtimizga qaytarildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Yakkasaroy tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan 2014 yil 27 mayda K.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 170-moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv o‘tkazildi. Tergovning aniqlashicha, 2008 yil 28 avgustda fuqaro A.P. tanishi K.Y. ga gollandiyalik rassom Rembrandt Van Reyning muallifligidagi asarni 50 ming AQSh dollariga sotganligi, tanishi R.F. orqali asarni respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketganligi aniqlandi.
 
Tezkor tergov tadbirlari natijasida ushbu jinoyat ishi fosh etilib, Rembrandtning mualliflik ishi topildi. 
 
Asar joriy yil 13 mart kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan Madaniyat vazirligiga topshirildi. Mazkur ish sudning tegishli xulosasiga asosan amalga oshirilgan.
 
Ma’lumot berilishicha, XVII asrga yashagan gollandiyalik mashhur rassom asari vazirlikning badiiy ekspertiza kengashi tomonidan xorijiy ekspertlar taklif qilingan. Asar 8 milliondan 15 million yevrogacha narxlandi. Xorijiy auksion savdolarida esa kartina qiymati 150 million yevrogacha ko‘tarilishi mumkin. Mazkur asar shisha qopqoqli yog‘ochdan yasalgan futlyarda saqlangan, o‘ng taraf burchagida “Rembrandt” yozuvi mavjud.
 

Inobat Ahatova, O‘zA

Поделиться