O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot-brifingi va Ochiq eshiklar kunini oʻtkazdi

2019-03-19 | Ta’lim

16-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da ikkita tadbir – boʻlgʻusi abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun Ochiq eshiklar kuni hamda “2019-2020 oʻquv yiliga qabulning yangi shartlari” mavzuida matbuot-brifingi boʻlib oʻtdi.

Matbuot-brifingi doirasida IUT rahbariyati amalga oshirilgan ishlar, joriy holat va 2019-2020-yilga moʻljallangan sezilarli oʻzgarishlar: hujjatlarni qabul qilish, shartnoma va grant asosidagi kirish imtihonlarining yangi shartlari, chet ellik talabalar uchun imtiyozlar, yangi grantlar va yoʻnalishlarni hisobga olgan holda, kelgusidagi rejalar haqida batafsil soʻzlab berdi.

Rektor vazifasini bajaruvchi M. Jalolov, oʻquv ishlari boʻyicha 1-prorektor doktor Cho Vu Sug va Bosh menejer H. Umarova Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlari jarayonlaridagi oʻzgarish haqida batafsil soʻz yuritdilar.

Bu Toshkent shahridagi Inha universitetida kirish imtihonlari 3 marotaba oʻtkaziladi. Bu IUT talabasi boʻlish ehtimolini sezilarli darajada orttiradi. Chunki, har bir abituriyent birinchi marotaba amalga oshmagan boʻlsa, uchta imkoniyatga ega boʻladi.

Shartnoma asosidagi 1-kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan va shartnoma umumiy summasining muayyan foizini toʻlagan abituriyentlar oʻzlarining bor bilimlarini grant asosidagi
2-imtihon kuniga safarbar etish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar. Muayyan sabablarga koʻra, roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish vaqtida IELTS yoki TOEFL sertifikatlari boʻlmagan abituriyentlar universitet sayti ( https://inha.uz)da koʻrsatib oʻtilgan sanaga qadar topshirish sharti bilan imtihonlarga kiritiladilar.

Shuningdek, chet ellik talabalarga taqdim etilayotgan imtiyozlarga ham katta eʼtibor qaratildi. 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab, boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar uchun kirish imtihoni faqat suhbatdan iborat boʻladi, shartnoma summasi esa sezilarli darajada pasaytiriladi.

Поделиться