O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

2019-03-19 | Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratish va turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida:
 
1. 2019 yil 20 martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilansin.
 
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekistonga ish yuzasidan keladigan Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasidagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etishi talabi bekor qilingan holda, bir yil muddatgacha boʻlgan koʻp martalik vizalarni Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi muassasalarida hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmasdan 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin.
 
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF–5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 yil 1 fevraldan boshlab fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega boʻlgan mamlakatlar roʻyxatining 32-bandi;
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi PQ–3836-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 yil 1 iyuldan boshlab fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz tranzit kirish, vaqtinchalik boʻlish va chiqish tartibi belgilangan mamlakatlar roʻyxatining 62-bandi.
 
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A.Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                            Sh.MIRZIYOYEV
 
Toshkent shahri, 2019 yil 18 mart

Поделиться